Rustam Musurmonov

Shoir
Rustam Musurmonov
Tavallud sanasi:
26.08.1963

Rustam Musurmonov iste’dodli shoir. Uning she’rlari tojik va qoraqalpoq tilida ham chop etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchisi. Shoir she’rlari talabalik yillaridan boshlab mahalliy gazeta va jurnallarda chop etilib keladi. Rustam Musurmonovga 1999 yilda «Shuhrat» medali berilgan.

Biografiya

Rustam Musurmonov 1963 yilning 26 avgustida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining Yakkatut qishlog‘ida tavallud topgan.

1983-1989 yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya faqultetini tugatgach, o‘sha universitetning aspiranturasida tahsil oladi. Shu bilan birga universitetda o‘qituvchi (1983-92), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot institutida ilmiy xodim (1993-95) bo‘lib ishladi.

“Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari, “O‘zbеkiston adabiyoti va san’ati”, “Vatan”, “O‘zbekiston tabiati” gazetalarida she’rlari chop etilgan. Iste’dodli shoir sifatida adabiy jamoatchilik nazariga tushdi.

She’riyatga muhabbat va adabiy muhitda o‘z o‘rnini topishga intilish uni matbuot sohasiga yetaklaydi. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida kichik muxbir, muxbir, katta muxbir, bo‘lim mudiri lavozimlarida (1995-2000) faoliyat yuritadi.

Rustam Musurmon 1996 yilda iste’dodli shoirlar Iqbol Mirzo va Salim Ashur bilan birgalikda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi. Faol shoir va publitsist sifatida tanilgan ijodkor O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga ishgi taklif etiladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, mas’ul kotib vazifalarida xizmat qiladi.

Shoir 2010-2013 yillarda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining “Nazm va nasr” bo‘limini boshqardi. Jonli va jaydari tilda, shoirona uslubda yozilgan badiiy-publitsistik maqolalarida xalqimizning bunyodkorlik faoliyatini hayotiy misollar bilan tasvirlaydi.

Istiqlol yillarida Vatan, Mustaqillik va ma’naviyat mavzuida 100 dan ortiq maqolalari matbuotda e’lon qilinadi.

Shoir she’rlari talabalik yillaridan boshlab mahalliy gazeta va jurnallarda chop etilib keladi.

Rustam Musurmonovga 1999 yilda «Shuhrat» medali berilgan.

Hozir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi lavozimida ishlamoqda.

Rustam Musurmon shoir, tarjimon, publitsist sifatida namunali faoliyat olib borib, hurmat qozongan. Respublikada aholi, ayniqsa, yosh avlodni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash mavzuidagi she’rlari, baxshiyona ohangda betakror va jozibali she’r o‘qishi bilan xalq ichiga kirib bora olgan.

«Ruhimning tovushi» (1994), «Xirgoyi» (1997) she’rlar to‘plami, «Ruh nasibasi» (1997) dostoni, matbuotda chop etilgan she’rlarida istiqlolni tarannum etadi, yurtdoshlarimizni ogohlikka chorlaydi.

«Ofarin — 2001″ respublika tanlovining «Yilning eng yaxshi shoiri» nominatsiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yorliq bilan taqdirlangan.

Milliy ozodlik harakati mavzuidagi “Muqanna” qissasi “Sharq yulduzi” jurnalining 2014 yil, 1-sonida chop etilishi uning ijodida yozuvchilik faoliyatini boshlab beradi.

O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynbergning «Chig‘ir» (2007) nazm va nasr kitobini, bolalar shoiri Yoqub Xo‘jayevning «Shimollik mehmon» (2005) dostonini rus tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi va chop ettirdi. Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Kengesboy Karimovning «Og‘abiy» (2014) romanini, Baxtiyor Genjamurodning «Ukuzdaryo bitiklari» (2006) she’rlar to‘plamini, «Madexon so‘zi yoxud Chin ipagidagi bitik» (2006), «Qoraqalpoq» (2006) dostonlarini, yosh shoira Sarvinoz Musatdinovaning «Karvon yo‘llari» (2011) she’rlar to‘plamini qoraqalpoq tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi. Badiiy tarjima bo‘yicha Baynalmilal madaniyat markazi tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi (2008). “Jahon adabiyoti” jurnalining 2013 yil, 9-sonida Pablo Neruda she’rlari, 2013 yil 11-sonida polyak shoirlari Anna Svirshinskaya, Tadeush Rujevich, Miron Byaloshevskiy, Andjey Bursa, Edvard Staxura she’rlari, 2014 yil, 11-sonida bolgar xalq qo‘shiqlari, Ivan Vazov, Dimitr Metodiyev, Veselin Xanchev she’rlari tarjimalari chop etilgan.

Rustam Musurmon «Mustahkam oila - jamiyat tayanchi» respublika tanlovida 3-o‘rin (2012), «Vatan uchun yashaylik» respublika tanlovida 2-o‘rin (2014) bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “Kitob dunyosi” gazetasining 2015 yil, 25 mart sonida e’lon qilingan katta she’riy turkumidagi “Chavandoz” nomli she’rida Rustam Musurmonning serqirra ijodiy faoliyati va badiiy mahorati haqida shunday satrlarni bitadi:

“Lasetti”gacha debon

Lutf etmish o‘z yurtiga

so‘zga chechan, topormon —

Shoirlik maydonida

ot surar epchil, chaqqon,

She’riyat duldulini

minib Rustam Musurmon.

U «Iste’dod maktabi» yosh ijodkorlar seminarida fidoyilik bilan jon kuydirib xizmat qilgan, yoshlarga Vatanga va mustaqillikka muhabbat saboqlarini bergan ustoz hamdir.

Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati uchun Respublika xotin-qizlar qo‘mitasining tashakkurnomasi (2012), milliy san’atimizning targ‘iboti borasidagi ijodiy faoliyati uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplomi (2012) bilan taqdirlangan.

Ayni paytda shoir, tarjimon va jurnalist sifatida faol ijod qilmoqda.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/musurmonov_rustam
Sayt foyda berdi!
87618 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi